# Jinoyat kodeksi — 289-modda. Halok boʻlayotgan harbiy kemani tashlab ketish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/289 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Halok boʻlayotgan harbiy kemani oʻz xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmagan komandir tomonidan, shuningdek, komandirning tegishli farmoyishi boʻlmasdan kema komandasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)