# Jinoyat kodeksi — 291-modda. Qorovul xizmatini oʻtash qoidalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/291 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan boʻlsa, — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) badanga ogʻir shikast yetkazilishiga; b) odam oʻlishiga; v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)