# Jinoyat kodeksi — 294-modda. Chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/294 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Chegarachilar naryadi tarkibida boʻlgan shaxsning chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzishi chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) qonunga xilof ravishda chegaradan oʻtishga; b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)