# Jinoyat kodeksi — 297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/297 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek, oʻq-dori, portlovchi, radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga; b) ogʻir shikast yetkazilishiga; v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) odamlar oʻlimiga; b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)