# Jinoyat kodeksi — 298-modda. Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/298 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) odamlar oʻlimiga; b) halokatga; v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)