JK · 302-modda

302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash

Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —

uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Valyuta operatsiyalari — valyuta qimmatliklariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻtishi bilan bogʻliq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan toʻlov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, joʻnatish va oʻtkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, joʻnatish va oʻtkazish, rezidentlar va norezidentlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi valyutasidagi operatsiyalar.

Valyuta qimmatliklari — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan valyuta qimmatliklariga chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar va toʻlov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlar kiradi.

Chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd toʻlovning qonuniy vositasi boʻlgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim boʻlgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablagʻlar.

Kripto-aktiv — maʼlumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yigʻindisini ifodalaydigan, qiymati va egasiga ega boʻlgan mulkiy huquq.

Mayning — hisoblash operatsiyalarini amalga oshirish orqali maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrini saqlash, bloklarni yaratish va ularning yaxlitligini tasdiqlash faoliyati.

Qimmatbaho metallar — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qimmatbaho metallarga har qanday koʻrinish va holatdagi, shu jumladan yombi va affinaj qilingan holatdagi, shuningdek xom ashyodagi, qotishmalardagi, xomaki mahsulotlardagi, sanoat mahsulotlaridagi, kimyoviy birikmalardagi, ishlab chiqarish hamda isteʼmol parchalaridagi va chiqindilaridagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) kiradi, bundan shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari, ularning rezgilari mustasno.

Qimmatbaho toshlar — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qimmatbaho toshlarga tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid kiradi, bundan shunday toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning rezgilari mustasno.

Gʻayriqonuniy narkolaboratoriya — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun maxsus tashkil etilgan, buning uchun zarur boʻlgan kimyoviy moddalar, asbob-uskunalar va texnik vositalar bilan jihozlangan har qanday koʻchar yoki koʻchmas mulk obyekti.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.