# Jinoyat kodeksi — 37-modda. Zaruriy mudofaa > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/37 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, yaʼni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chogʻida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi. Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam soʻrab murojaat qilish yoxud tajovuzdan oʻzga yoʻsinda qutulish imkoniyati bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishlidir. Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qoʻzgʻatish zaruriy mudofaa deb topilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)