# Jinoyat kodeksi — 62-modda. Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/62 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud jazo tayinlash chogʻida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamogʻining har bir kunini: a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga joʻnatishning, ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga; b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga; v) majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatiga tenglashtirib hisoblaydi. Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)