# Jinoyat kodeksi — 65-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yoʻqotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/65 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish oʻzining ijtimoiy xavfliligini yoʻqotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)