# Jinoyat kodeksi — 67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/67 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning buzilishi yuzaga kelgan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan kundan hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)