# Jinoyat kodeksi — 78-modda. Sudlanganlik holatining tugallanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/78 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi: a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab; b) majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach; v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin bir yil oʻtgach; g) ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin — ikki yil oʻtgach; d) besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — toʻrt yil oʻtgach; e) besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — yetti yil oʻtgach; j) oʻn yildan ortiq, lekin oʻn besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — oʻn yil oʻtgach. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)