# Jinoyat kodeksi — 93-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/93 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi: a) yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish; b) yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish; v) umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish; g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish; d) jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)