# Jinoyat kodeksi — 98-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/98 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek uning boshqa gʻayriqonuniy harakatlari tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish — ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)