# Jinoyat-protsessual kodeksi — 104-modda. Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqlarda bergan koʻrsatuvlarini oʻqib eshittirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/104 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari faqat uning hozirgi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari tinglanib, qayd qilinib, u imzo chekkanidan keyin va quyidagi hollarda oʻqib eshittirilishi mumkin: 1) hozirgi va ilgarigi soʻroqlarda berilgan koʻrsatuvlar oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda; 2) soʻroq qilinuvchi sudda koʻrsatuv berishdan bosh tortganda; 3) ish soʻroq qilinuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqilayotganda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)