# Jinoyat-protsessual kodeksi — 117-modda. Guvoh va jabrlanuvchini protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/117 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Guvoh yoki jabrlanuvchining shaxsi aniqlangandan va unga protsessual huquq hamda majburiyatlari tushuntirilgandan keyin u koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilib, bu haqda soʻroq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)