Guvoh yoki jabrlanuvchi protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganidan keyin jabrlanuvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar bilan oʻzaro munosabatlari, guvoh esa, shuningdek jabrlanuvchi bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi savollarga javob beradi. Shundan soʻng soʻroq qiluvchining taklifiga koʻra guvoh yoki jabrlanuvchi ish boʻyicha oʻzlari bilgan barcha maʼlumotlarni aytib beradilar. Ular ish uchun ahamiyatli boʻlgan yoki ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday holat toʻgʻrisida, shu jumladan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va protsess boshqa ishtirokchilarining shaxsi haqida ham koʻrsatuvlar berishlari mumkin.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 116-moddaGuvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat oʻz roziligi bilan soʻroq qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar
- 117-moddaGuvoh va jabrlanuvchini protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish
- 118-moddaAlohida holatlarni bahona qilib koʻrsatuv berishdan bosh tortishga yoʻl qoʻyilmasligi
- 120-moddaGuvohni va jabrlanuvchini ularning iltimosiga koʻra soʻroq qilish
- 121-moddaVoyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning oʻziga xos jihatlari
- 121-1-moddaKoʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.