# Jinoyat-protsessual kodeksi — 125-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/125 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tanib olish uchun koʻrsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa toʻgʻrisidagi koʻrsatuvini tekshirib koʻrish uchun quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 1) bu koʻrsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur boʻlganda; 2) surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga maʼlum boʻlgan koʻplab shaxs yoki narsalar orasidan koʻrsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur boʻlganda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)