# Jinoyat-protsessual kodeksi — 130-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish chogʻida tanib oluvchining koʻrsatuvi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/130 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tanib olish uchun bir guruh shaxslar yoki bir nechta narsani koʻrsatilganidan keyin tanib oluvchiga u ilgari tasvirlagan shaxs yoki narsani koʻrsatish taklif etiladi. Tanib oluvchi koʻrsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini koʻrsatsa, unga koʻrsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga koʻra taniganligini tushuntirib berish taklif qilinadi. Tanib oluvchi tanib olish uchun unga koʻrsatilgan shaxslar yoki narsalarni ilgari koʻrmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)