# Jinoyat-protsessual kodeksi — 134-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish bayonnomasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/134 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Koʻrsatuvlar hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirilgani haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa tekshiruvning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasiga kiritadi. Bundan tashqari bayonnomada: koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish qayerda, qachon, qanday sharoitda oʻtkazilganligi; qanday joylar va narsalar koʻzdan kechirilganligi; hodisa sodir boʻlgan joyda berilgan koʻrsatuvlarning mazmuni qandayligi; hodisaning sharoiti va holatlarini tiklash nimada oʻz aksini topganligi; shaxs oʻzining avvalgi koʻrsatuvlariga qanday aniqliklar kiritganligi koʻrsatilishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)