# Jinoyat-protsessual kodeksi — 14-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/14 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar va xalq maslahatchilari mustaqildirlar hamda faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalar va xalq maslahatchilari jinoyat ishlarini qonun asosida koʻrib chiqadilar va hal qiladilar. Sudyalar va xalq maslahatchilarining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)