# Jinoyat-protsessual kodeksi — 140-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni koʻzdan kechirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/140 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni ular topilgan joyda, basharti koʻzdan kechirish koʻp vaqt yoki qoʻshimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilayotgan joyda koʻzdan kechiradilar. Koʻzdan kechirish texnik vositalardan foydalanilgan holda, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlarida, agar narsalarning yoki hujjatlarning yoxud elektron maʼlumotlarning yoʻqolishiga yoki shikastlanishiga olib kelmasa, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻida oʻtkazilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)