# Jinoyat-protsessual kodeksi — 150-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/150 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Eksgumatsiya ekspertiza qilish maqsadida oʻtkazilayotgan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish haqida qaror yoki ajrim chiqarilishi lozim. Bunda murda ekspertiza muassasasiga joʻnatiladi yoki ekspertiza murda koʻmilgan joyning oʻzida oʻtkaziladi. Murdani koʻzdan kechirish, tanib olish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125, 126, 131, 138, 188 — 191, 193 va 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)