# Jinoyat-protsessual kodeksi — 156-modda. Eksperiment bayonnomasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/156 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Eksperiment oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda oʻtkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda oʻz aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta oʻtkazilganligi; qanday natijalar olinganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)