# Jinoyat-protsessual kodeksi — 158-modda. Tintuv oʻtkazish uchun asoslar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/158 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki oʻzga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar bor deb oʻylash uchun yetarli maʼlumotga ega boʻlgan taqdirda tintuv oʻtkazishga haqlidir. Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani topish uchun ham oʻtkazilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)