# Jinoyat-protsessual kodeksi — 159-modda. Olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/159 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Olib qoʻyish surishtiruvchining yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻtkaziladi, bunda ular olib qoʻyishni oʻtkazishni surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishga haqli. Olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda bu harakat qayerda va kimnikida bajarilishi zarurligi, qaysi narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar olib qoʻyilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)