# Jinoyat-protsessual kodeksi — 16-modda. Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/16 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)