# Jinoyat-protsessual kodeksi — 164-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasini topshirish shartligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/164 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasi yo sud majlisining olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnomasidan koʻchirma tintilgan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolariga, ular boʻlmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda mazkur shaxslarga olib qoʻyilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)