# Jinoyat-protsessual kodeksi — 17-modda. Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/17 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shart. Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va maʼnaviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)