# Jinoyat-protsessual kodeksi — 187-3-modda. Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/187-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining, davlat soliq xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mutaxassislari ishtirok etishi mumkin. Zarur boʻlgan hollarda, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari ham taftish oʻtkazish uchun jalb etilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)