# Jinoyat-protsessual kodeksi — 190-modda. Namuna olinishi mumkin boʻlgan shaxslar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/190 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ekspert tekshiruvi uchun namunalar gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ustidan ish yuritilayotgan shaxsdan olinishi mumkin. Hodisa sodir boʻlgan joyda yoki ashyoviy dalillarda boshqa shaxslar tomonidan ham iz qoldirilgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida yetarlicha asoslar boʻlgan taqdirda shu shaxslardan ham ekspert tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)