# Jinoyat-protsessual kodeksi — 191-modda. Namuna olish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/191 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Namuna olish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: namuna oladigan shaxs yoki organ; namuna olinishi kerak boʻlgan shaxs; aynan qanday namuna va qancha miqdorda olinishi lozimligi; namuna olinadigan shaxs qachon va kimning huzuriga kelishi zarurligi; olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi koʻrsatilishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)