# Jinoyat-protsessual kodeksi — 195-modda. Ekspert tomonidan tajriba uchun namunalar olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/195 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tekshiruv oʻtkazish jarayonida ekspert tomonidan ushbu Kodeks 188-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tajriba namunalari tayyorlanishi mumkin. Surishtiruvchi yoki tergovchi bunday namunalarni tayyorlash chogʻida hozir boʻlishga haqli boʻlib, bu hol ular tomonidan tuziladigan bayonnomada aks ettiriladi. Ekspert tekshiruv oʻtkazib boʻlganidan keyin namunalarni muhrlangan holda oʻz xulosasiga qoʻshib qoʻyadi. Surishtiruvchi yoki tergovchi, sud muhokamasida esa sud va taraflar ekspert taqdim qilgan tajriba namunalarini koʻzdan kechiradilar, shundan soʻng ular ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)