# Jinoyat-protsessual kodeksi — 2-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari jinoyatlarni tez va toʻla ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi boʻlmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning toʻgʻri tatbiq etilishini taʼminlashdan iboratdir. Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qilmogʻi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)