JPK · 201-modda

201-modda. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra hujjatlarni taqdim qilish

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra oʻz ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni taqdim qilishlari shart.

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra oʻz vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi oʻtkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.