# Jinoyat-protsessual kodeksi — 221-modda. Ushlab turish asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/221 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud boʻlganda ushlab turilishi mumkin: 1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qoʻlga tushsa; 2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatsalar; 3) uning oʻzida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa; 4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos boʻladigan maʼlumotlar mavjud boʻlib, u qochmoqchi boʻlsa yoki doimiy yashaydigan joyi yoʻq yoxud shaxsi aniqlanmagan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)