# Jinoyat-protsessual kodeksi — 222-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega boʻlgan shaxslar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/222 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ichki ishlar organining, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshiruvchi boshqa organning xodimi, shuningdek muomalaga layoqatli har qanday shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)