# Jinoyat-protsessual kodeksi — 223-modda. Ushlash chogʻida immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/223 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Deputatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi hamda ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin emas. Mazkur taqiq ushbu Kodeks 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan ushlab turish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)