# Jinoyat-protsessual kodeksi — 237-modda. Ehtiyot choralarining turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/237 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamogʻi; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning oʻzida ana shu choralardan faqat bittasi qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)