# Jinoyat-protsessual kodeksi — 238-modda. Ehtiyot chorasini tanlashda eʼtiborga olinadigan holatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/238 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ehtiyot choralaridan qaysi birini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari qoʻyilgan aybning ogʻirligini, ayblanuvchining shaxsini, mashgʻulot turini, yoshi, sogʻligʻi, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga oladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)