# Jinoyat-protsessual kodeksi — 24-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan taʼminlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/24 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega boʻlib, ularga oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar taʼminlanadi. Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u oʻziga qoʻyilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega boʻlishiga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish majburiyati bilan taʼminlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)