JPK · 254-7-modda

254-7-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari

Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketib, surishtiruvdan, dastlabki tergovdan yoxud suddan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.