# Jinoyat-protsessual kodeksi — 26-modda. Dalillarni bevosita va ogʻzaki usulda tekshirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/26 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat ishini yuritishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, dalillarni koʻzdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni oʻqib eshittirishlari shart. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida hollardagina bu qoidalardan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilishi mumkin. Sud faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)