# Jinoyat-protsessual kodeksi — 263-modda. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/263 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror majburiy keltirish toʻgʻrisida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qarorda yoki ajrimda: majburiy keltirilishi kerak boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; uning protsessual mavqeyi; yashash yoki ish joyi; majburiy keltirish uchun asoslar; shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi; majburiy keltirish kimga topshirilganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)