# Jinoyat-protsessual kodeksi — 266-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/266 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar va uning protsessual holati; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; shaxs joylashtiriladigan tibbiy muassasaning nomi; ehtiyot chorasi toʻgʻrisida taklif etilayotgan qaror koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Surishtiruvchining yoki tergovchining shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)