# Jinoyat-protsessual kodeksi — 284-modda. Jinoyat narsalarini davlat egaligiga oʻtkazish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/284 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat narsasi boʻlgan mol-mulk, basharti avvalgi egasiga qaytarib berilishi lozim boʻlmasa, sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi. Bu mol-mulk topilmagan boʻlsa, sud hukmi bilan, jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa, sudning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida chiqargan hal qiluv qaroriga koʻra uning qiymati davlat foydasiga undiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)