JPK · 288-modda

288-modda. Mol-mulk qiymatini undirib berish toʻgʻrisida daʼvo mavjud boʻlgan taqdirda uning bundan buyon kimga tegishli boʻlishini belgilash

Jinoyat sodir etilishi natijasida mahrum boʻlingan va ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulkning mulkdori yoki qonuniy egasi bu mol-mulkdan voz kechsa va uning qiymatini undirib berish toʻgʻrisida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatsa, sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topib, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirgan holda mol-mulkni mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga beradi.

Sud mol-mulkdan voz kechishni asossiz deb topsa, daʼvoni qondirmaydi yoki qisman qondirib, qaytariladigan mol-mulkning qiymati qanchaga pasaygan boʻlsa, shu summani yoxud tovar koʻrinishini yoʻqotganligi sababli taʼmirlashga qilinadigan chiqim summasini va tovonini jabrlanuvchi yoki fuqaroviy daʼvogar foydasiga undirib beradi. Mol-mulkning dastlabki va keyingi qiymati hamda tovar koʻrinishini yoʻqotganlik uchun tovon puli mutaxassis yoki ekspert ishtirokida aniqlanadi, taʼmirlash qiymati esa, taʼmirlashni amalga oshirayotgan korxona bergan hujjat asosida aniqlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.