# Jinoyat-protsessual kodeksi — 289-modda. Jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning mol-mulkini rekvizitsiya qilish va musodara etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/289 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xususiy egalikda boʻlishi man qilingan mol-mulk ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan boʻlsa, mulkdor toʻgʻri yoki gʻayrihuquqiy ravishda qoʻlga kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki musodara etiladi, yaʼni mol-mulk haqini toʻlash yoki toʻlamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga beriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)