# Jinoyat-protsessual kodeksi — 292-modda. Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasini taqdim qilish majburiyligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/292 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi mol-mulki roʻyxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda, mol-mulk roʻyxatga olingan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi. Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni roʻyxatga olish oʻtkazilgan boʻlsa, mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi tegishli maʼmuriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, qoʻl qoʻydirib olinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)