# Jinoyat-protsessual kodeksi — 293-modda. Xatlash chogʻida mol-mulkni baholash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/293 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini eʼtiborga olib, baholash paytida mavjud boʻlgan bozor narxida baholanadi. Zarur hollarda baholash mutaxassis ishtirokida yoki baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Pullar, obligatsiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar oʻz qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Hukmning fuqaroviy daʼvo qismi ijrosini taʼminlash uchun mol-mulkni xatlashda bayonnomaga qiymati ziyonni qoplash uchun yetarli mol-mulk kiritiladi. Bunda mulkdor yoki mol-mulk egasi, oʻzining fikricha, qaysi mol-mulkni bayonnomaga kiritish zarur deb hisoblasa, shu mol-mulkni koʻrsatishga haqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)