# Jinoyat-protsessual kodeksi — 295-modda. Mol-mulk xatlanganligini bekor qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/295 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oqlov hukmi qonuniy kuchga kirganda, jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek fuqaroviy daʼvogar oʻz daʼvosidan voz kechganda hamda fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yuzasidan koʻrilgan choralarga sabab boʻlgan asoslar bartaraf etilgan boshqa hollarda mol-mulkning xatlanganligi bekor qilinadi. Bunda garov reyestridan mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi yozuv chiqarib tashlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)